Rossiyada ishlagan yurtdoshimizga 647 ming rubl kompensatsiya undirib berildi
Fuqaro B.A. 2019-yil 15-oktyabr kuni ish joyida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa oqibatida mehnat qobiliyatini yoʻqotgan va unga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida kompensatsiya pulini undirish uchun 2022-yilda ariza bilan murojaat qilgan.
Murojaat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan Rossiyaning Pensiya va ijtimoiy sugʻurta fondiga bir necha bor murojaat xatlari yuborilib, muzokaralar oʻtkazildi.
Natijada yurtdoshimiz foydasiga 647 ming rubl (8100 AQSH dollari) kompensatsiya puli undirib berildi. Shuningdek, fuqaroga joriy yil 1-maydan boshlab umrbod muddatga har oyda 21431 rubldan nafaqa puli toʻlanishiga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring