Rossiyada fuqarolik masalalari va xorijliklarni roʻyxatga olish xizmati tashkil etildi

Foto: РИА Новости
Rossiya prezident Vladimir Putin fuqarolik masalalari va xorijliklarni roʻyxatga olish xizmatini tashkil etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Hujjat matni Kreml saytida eʼlon qilindi.
“Migratsiya sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish maqsadida Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya masalalari bosh boshqarmasi negizida Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Fuqarolik masalalari va chet el fuqarolarini roʻyxatga olish xizmati tashkil etilsin”, — deyiladi hujjatda.
Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Andrey Kikot Xizmat rahbari hamda bir vaqtning oʻzida Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari boʻldi.
Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevga hujjatda nazarda tutilgan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklangan. Farmon imzolangan kundan kuchga kirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring