Rossiyada 5 nafar oʻzbekistonlik YTHga uchradi
Foto: Tumentoday
Rossiyaning Tyumen viloyatida besh nafar oʻzbekistonlik yoʻl-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda “Tumentoday” xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea bugun, 25-may kuni Aromashevo – Vagay trassasida sodir boʻlgan. Fuqarolar Kia rusumli avtomobilda Surgutdan Rossiya chegarasiga ketayotgan boʻlgan.
Kia rusumli avtomobil yoʻlning 18-kilometrida boshqaruvni yoʻqotib, agʻdarilib ketgan. Yoʻl-transport hodisasi oqibatida 28 yoshli haydovchi, uch va besh yoshli ikki bola, shuningdek, 30 yoshli yoʻlovchi ayol hamda 32 yoshli yoʻlovchi erkak jabrlangan.
“Ularning barchasi Oʻzbekiston fuqarolaridir. Voqea sabablariga oydinlik kiritilmoqda. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, haydovchi harakat vaqtida xavfsiz tezlikni tanlamagan”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Moskva viloyatidagi hostelda sodir boʻlgan yongʻinda oʻzbekistonliklar halok boʻlgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring