Rossiya josusligi tobora “ommaviy” va “tajovuzkor” boʻlib bormoqda — Germaniya razvedka xizmati

Illyustrativ foto
Germaniya harbiy razvedka xizmati Rossiya razvedkasi faolligining kuchaygani haqida ogohlantirmoqda. Xizmat prezidenti Martina Rozenberg Rossiya razvedka xizmatlarining “ommaviy”lashgani haqida xabar berib, uning Germaniyadagi “agressiv” taktikasi haqida ogohlantirdi.
Germaniya harbiy razvedka xizmati maʼlumotlariga koʻra, Rossiya razvedkasi keng koʻlamli usullarni qoʻllanilmoqda: harbiy kemalar va infratuzilmani sabotaj qilish, kiberhujumlar, harbiy aktivlarga josuslik qilishga urinishlar va elektron shovqinlarga chidamli murakkab dronlar kabi shular jumlasidandir. Bundan tashqari, u keng tarqalgan ishonchsizlikni keltirib chiqarish va jamoatchilik muhokamasiga taʼsir qilish uchun maqsadli dezinformatsiya strategiyasidan foydalanmoqda.
Rozenbergning taʼkidlashicha, Germaniya NATO qoʻshinlari harakati uchun logistika markazi boʻlgani uchun xorijiy razvedka idoralarining diqqat markaziga aylanib bormoqda. Shu oʻrinda uning qoʻshimcha qilishicha, Rossiya razvedka xizmatlari zamonaviy texnologiyalar yordamida Sovuq urushni eslatuvchi usullardan foydalanmoqda. Ularning ishonchini qozonish uchun ular qasddan rus millatiga mansub yoki Rossiyaga aloqador odamlar bilan bogʻlanishadi. Hatto ikki fuqaroligi boʻlgan Germaniya askarlari ham diqqat markazida boʻlishi mumkin — ular ishga olinishi yoki shantaj qilinishi mumkin.
“Josuslikdan eng yaxshi himoya — bu tahdidga jiddiy munosabatda boʻlish, shubhali xatti-harakatlarni diqqat bilan kuzatib borish va vakolatli organlarni darhol xabardor qilishdir”, — deydi Rozenberg.
OAV xabarlariga koʻra, soʻnggi oylarda harbiy kemalarda qoʻporuvchilik holatlari koʻpaydi. Jumladan, shikastlangan kabellar, dvigatellardagi begona narsalar, ichimlik suvidagi yogʻ kabilar. Bir yil ichida bunday holatlarning umumiy soni deyarli ikki baravar koʻpaygan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring