Rossiya va Xitoy qoʻshma harbiy mashgʻulotlar oʻtkazadi
Arxiv surat
Rossiya harbiylari Xitoy tomonidan tashkil etiladigan "Shimol. Oʻzaro aloqalar-2023" harbiy mashgʻulotlarida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Xitoy mudofaa vazirligi tomonidan maʼlum qilindi.
Manbaga koʻra, Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Markaziy harbiy kengashi aʼzosi, XXR Markaziy harbiy kengashi qoʻshma shtabi boshligʻi, general-polkovnik Lyu Chjenli Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtab boshligʻi armiya generali Valeriy Gerasimov bilan telefon orqali muloqot qilgan.
"Tomonlar ikki davlat rahbarlari erishgan konsensusni amalga oshirish va ikki davlat harbiylari oʻrtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashdilar", deya izoh berdi Xitoy Mudofaa vazirligi.
Qayd etilishicha, Moskva va Pekin birgalikda harbiy mashgʻulotlar oʻtkazishga kelishib olgan. Oʻz navbatida, Rossiya tomoni "Shimol. Oʻzaro aloqalar-2023"da ishtirokini tasdiqlagan.
Xitoy harbiy departamenti tashkil etiladigan mashgʻulotlar haqida boshqa maʼlumot bermadi.
Avvalroq, XXR Mudofaa vazirligi Xitoy Rossiya Federatsiyasi va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan qoʻshma harbiy mashgʻulotlarda ishtirok etishda davom etishiga aniqlik kiritgan edi.
Mudofaa vaziri Li Shanfuning soʻzlariga koʻra, XXR Rossiya Federatsiyasi va SHHT tinchlikparvar missiyalari bilan dengiz hamkorligi boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini davom ettiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring