Rossiya va AQSH oʻrtasidagi navbatdagi muzokara qayerda boʻlib oʻtishi maʼlum boʻldi. Unda Ukraina mavzusi muhokama qilinmaydi

12:27 09 Aprel 2025 Dunyo
196 0

Illyustrativ foto

Rossiya va AQSH delegatsiyalari oʻrtasida muzokaralarning navbatdagi raundi 10-aprel kuni Rossiyaning Istanbuldagi Bosh konsulligida boʻlib oʻtadi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi vaziyatdan xabardor manbaga tayanib xabar bermoqda. Bu safargi muzokaralarda Ukraina masalasi muhokama qilinmaydi.

Elchixonalar va konsulliklar faoliyatiga bagʻishlangan maslahatlashuvda Rossiya delegatsiyasiga Rossiyaning AQSHdagi elchisi Aleksandr Darchiyev, AQSH delegatsiyasiga esa Davlat kotibi yordamchisi oʻrinbosari Sonata Kulter boshchilik qiladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining taʼkidlashicha, boʻlajak muzokaralar chogʻida AQSH va Rossiya diplomatlari faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan texnik toʻsiqlarni bartaraf etish muhokama qilinadi.

AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Temmi Bryus 10-aprel kuni Ukraina mavzusi muhokama qilinmasligini aytdi.

Shu yilning 27-fevral kuni Istanbulda diplomatik vakolatxonalar ishi boʻyicha birinchi Rossiya — AQSH uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Qariyb 6,5 soat davom etgan muloqotda ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlardagi “gij-gijlash xususiyati beruvchi omillar” va Moskva va Vashingtondagi elchixonalar ishidagi muammolarga muhokama qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер