Rossiya urushni tugatish shartlarini eslatdi
3-sentyabrga oʻtar kechasi Rossiya qoʻshinlari yana Ukraina shaharlariga havo hujumlari uyushtirdi. Kiyev havo mudofaa sirenalari ishga tushib, aholini uylarida qolishga chaqirgan. Bu haqda Kiyev shahar harbiy maʼmuriyati rahbari Timur Tkachenko oʻzining Telegram-kanalida maʼlum qildi.
Shu holat fonida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov intervyu berdi va Kreml Ukraina bilan muzokaralarni davom ettirishga umid qilayotganini taʼkidladi. Lavrovning soʻzlariga koʻra, mojaroni hal qilish uchun asosiy sabablarni bartaraf etish zarur. Xususan, Ukraina NATOga aʼzo boʻlmasligi, Kiyev rus tilining maqomini qayta koʻrib chiqishi, shuningdek, bosib olingan toʻrtta Ukraina hududlari Rossiya tarkibiga qoʻshilishi tan olinib, xalqaro huquqiy yoʻl bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Lavrovning taʼkidlashicha, faqat shu shartlar bajarilsagina barqaror va mustahkam tinchlikka erishish mumkin boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring