Rossiya Ukrainaning energetika sektoriga zarba berdi
Oʻtgan tunda Rossiya hujumlari oqibatida Ukrainaning bir nechta mintaqasida favqulodda elektr uzilishlari yuz berdi. Jumladan, Kiyev va uning atrofidagi hududlar zarar koʻrgan. Bu haqda Ukraina Energetika vazirligi maʼlum qilgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy X ijtimoiy tarmogʻida Rossiya qoʻshinlari tunda va ertalab Ukraina shaharlariga hujum qilish uchun 650 dan ortiq uchuvchisiz qurilmalar va 30 ta raketadan foydalanganligini xabar qildi. Hujumlardan koʻzlangan asosiy maqsad energetika sektori va fuqarolik infratuzilmalari faoliyatini izdan chiqarish boʻlgan.
Kiyev viloyati harbiy maʼmuriyati rahbari Nikolay Kalashnik hujum oqibatida viloyatda 1 nafar ayol vafot etganini maʼlum qilgan. Shuningdek, Jitomir, Roven, Chernigov, Dnepropetrovsk, Cherkass, Odessa va Vinnitsa viloyatlariga ham zarbalar berilgan.
Uchuvchisiz uchoqlar turar-joy binosiga urilishi tufayli bir bola vafot etgan. Umumiy hisobda uch qurbon boʻlgan, jabrlanganlar bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring