Rossiya Ukrainaga qarshi janglarda 4 mingdan ortiq tanklarini yoʻqotgan — NATO generali

Rossiya armiyasi Ukrainaga qarshi janglarda 4 mingdan ortiq tanklarini yoʻqotgan, deb xabar bermoqda “24 Kanal” nashri.
Unga koʻra, AQSH Senatidagi Qurolli kuchlar boʻyicha qoʻmita yigʻilishida NATOning Yevropadagi Birlashgan qoʻshinlari qoʻmondoni, amerikalik general Kristofer Kavoli Rossiya armiyasining Ukrainadagi yoʻqotishlari haqida soʻz ochgan.
General Kavolining taʼkidlashicha, Rossiya armiyasi Ukrainaga qarshi janglarda qariyb 4 mingdan ortiq tanklaridan ayrilgan. Bundan tashqari, general ayni paytda Ukraina Qurolli kuchlari Qoʻshma Shtatlarning yordamiga muhtojligini va AQSHning koʻmagisiz zaiflashib qolishini ham qoʻshimcha qilgan.
“Vashingtonning harbiy yordami tufayli ukrainalik harbiylar Rossiya raketalarini havodayoq yoʻq qilish imkoniyatiga ega boʻlishmoqda. Shuningdek, AQSHdan olinayotgan razvedka maʼlumotlari Ukraina armiyasiga Rossiya qoʻmondonlik punkti hamda boshqa muhim obyektlariga zarba berishda qoʻl kelmoqda”, — deydi general Kristofer Kavoli.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring