Rossiya-Ukraina urushi haqida nimalar maʼlum?
Rossiya Xalqaro sud hamda siyosiy, moliyaviy tahdidlariga uchramoqda. Biroq Ukraina sharqida jang hamon davom etmoqda.
Prezident Vladimir Putinning Shimoliy Koreya va Vyetnamga tashrifidan soʻng xalqaro hamjamiyat tomonidan qator tanqidlarga uchradi. Chunki Putin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan mudofaa ittifoqini oʻz ichiga olgan keng qamrovli strategik shartnoma imzolagan edi.
Shundan soʻng Janubiy Koreya hukumati kelishuvni qoraladi va mamlakatning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Ukrainaga toʻgʻridan-toʻgʻri qurol yetkazib berishga qoʻyilgan taqiqni bekor qilish masalasi koʻrib chiqilishini maʼlum qildi.
Keyinroq maslahatchi Ukrainaga qurol yetkazib berish Rossiyaning Shimoliy Koreya bilan hamkorligiga bogʻliq ekanini qoʻshimcha qilgan.
Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud 25-iyun kuni Rossiyaning sobiq mudofaa vaziri Sergey Shoygu va harbiy shtab boshligʻi Valeriy Gerasimovni hibsga olish boʻyicha order berdi.
Diplomatik tomondan Rossiya Yevropa Ittifoqida muvaffaqiyatsizlikka uchragani aytilmoqda. Alyans Ukraina va Moldova bilan aʼzolikka qabul qilish boʻyicha muzokaralarni rasman boshladi. Hafta boshida Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 14-sanksiya paketini eʼlon qildi. Ushbu sanksiyalar har qanday YEI tashkilotiga, jumladan, siyosiy partiyalar, tahlil markazlari va ommaviy axborot vositalariga Rossiya pullari bilan muoamala qilishni taqiqlaydi.
Yevropa Ittifoqi, shuningdek, Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainaga tushgan 1,4 milliard yevro ajratilishiga rasman kelishib oldi. Bu pulning 90 foizi harbiy xaridlarga yoʻnaltiriladi.
Rossiyaning urush harakatlari toʻxtab qoldi
Kreml askarlari 10-may kuni shimoliy Xarkov viloyatida yangi front ochganiga qaramay, Ukraina quruqlikliklarida sezilarli muvaffaqiyatga erisha olmadi. Yangi jang qoidalariga koʻra, “S-300” havo mudofaa raketalari va Eronning “Shahed” dronlari oxirgi hujumlarda ishlatilmayotganligi haqida qarashlar bor.
Rossiya oʻtgan haftada birinchi marta uch tonnalik bomba bilan muvaffaqiyatli tajriba oʻtkazdi. Bomba Xarkovdagi Lipsi tibbiyot binosiga katta zarar yetkazgan. Rus armiyasi hozirgacha 1,5 tonnagacha boʻlgan bombalarni ishlatgan edi, xolos.
Qoʻshma Shtatlar rasmiylarining aytishicha, agar Moskva chegaradan turib Ukrainaga hujum qilsa, Ukraina ham xuddi shu tarzda javob qaytarishga haqli. Kiyev armiyasi aprel oyidan beri AQSH tomonidan taqdim etilgan 300 km (ATACM) uzoqlikka yetib boradigan taktik raketalaridan foydalanmoqda.
Gʻarb qurollariga qoʻyilgan qisman cheklovlar va qimmatligi tufayli Ukraina bu yil oʻz qurollarini iloji boricha koʻproq ishlab chiqish hamda yaratish boʻyicha yangi siyosiy yoʻl tutdi. Hatto oʻtgan hafta dushman habriy va neft obyektlariga halokatli zarba berish uchun ulardan foydalangan.
Ukraina Xavfsizlik xizmati 20-iyun kuni Tambov viloyatidagi yoqilgʻi materiallari ombori va “Lukoyl” neft bazalariga muvaffaqiyatli zarba berganini maʼlum qildi. Shuningdek, yakshanba kuni Ukraina milliy gvardiyasi Belgorod shahri janubi va gʻarbidagi ikkita Pansir-1 havo mudofaa tizimi yoʻq qilinganini tasdiqladi. Buning natijasida ekipajlar halok boʻlgan.
Ukraina ittifoqchilari oʻtgan hafta havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlashga harakat qilishdi. Ruminiya va Gollandiya “Patriot” qurolini yetkazib berishini maʼlum qilgan boʻlsa, AQSH esa ushbu qurollar uchun yangi ishlab chiqarilgan oʻq-dorilarni joʻnatishga vaʼda bergan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring