Rossiya-Ukraina mojarolariga vatandoshlarini jalb etgan andijonlik qamaldi
Andijon viloyatida yashovchi fuqaro vatandoshlarini Rossiya armiyasiga yollashga uringani uchun 7-yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.
Andijon viloyatining Marhamat tumanida yashovchi, 1986-yilda tugʻilgan F.X. Rossiya Federatsiyasi fuqarosi boʻlgan sherigi bilan birga aholini Ukrainadagi harbiy mojaroda Rossiya tomonida qatnashishga chaqirgan. Ular 2024-yilning yanvarida til biriktirishgan.
Fuqaro iyul oyida Fargʻona aeroportida Oʻzbekiston fuqarosini Rossiyaga joʻnatib yuborayotgan vaqtida huquq-tartibot organi xodimlari tomonidan qoʻlga olingandi. U Jinoyat kodeksining 154-modda 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan va oʻz aybiga iqror boʻlgan holda 7-yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring