Rossiya osmonida 90 ta dron urib tushirildi
Kecha, 3-yanvar kuni tunda Rossiya hududlari ustida jami 90 ta uchuvchisiz uchish apparati yoʻq qilindi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlum qilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, eng koʻp dron Bryansk viloyati ustida urib tushirilgan boʻlib, ularning soni 37 tani tashkil qilgan. Shuningdek, Kursk viloyati osmonida ham 22 ta dron yoʻq qilingan.
Kaluga va Moskva viloyatlari ustida 11 tadan, Tula viloyati ustida 4 tadan, Voronej viloyati ustida ikkitadan dron urib tushirilgan. Belgorod, Rostov va Oryol viloyatlari ustida esa bittadan dron toʻxtatib qolingan.
Moskva viloyati ustida urib tushirilgan dronlardan uchtasi Moskva shahri tomon yoʻl olgani qayd etilgan. Shu munosabat bilan Vnukovo va Jukovskiy aeroportlarida samolyotlarning kirishi va chiqishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Toshkentda Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni munosabati bilan matbuot anjumani oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring