Rossiya musulmonlar idorasi koʻpxotinlikka ruxsat beruvchi fatvosini bekor qildi
Rossiya Musulmonlar diniy boshqarmasi Ulamolar kengashi koʻpxotinlikka ruxsat beruvchi fatvoni qaytarib oldi. Bu haqda kengash raisi Shamil Alyautdinovga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
“Rossiya Bosh prokuraturasi «Rossiya musulmon hamjamiyatida koʻpxotinlilik masalasi” fatvosini bekor qilishga chaqirgani haqidagi OAVda paydo boʻlgan maʼlumot va Rossiya jamoatchiligi tomonidan bildirilgan munosabat sababli, Musulmonlar diniy boshqarmasi ulamolar kengashi mazkur fatvoni qaytarib olmoqda. Bu Allohning irodasi, shu bois Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi bu masalada munozaraga kirishishni maʼqul koʻrmaydi», — deyiladi rasmiy munosabatda.
“RIA Novosti” nashri manbasiga koʻra, 23-dekabr kuni Rossiya Bosh prokuraturasi Musulmonlar diniy boshqarmasi raisiga qonun buzilishini bartaraf etish zarurligi haqida taklif kiritgan. Koʻpxotinlikka ruxsat beruvchi fatvo amaldagi qonunchilikka va anʼanaviy rus maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarini saqlash va mustahkamlash sohasidagi davlat oilaviy siyosati asoslariga ziddir, deyiladi xabarida.
Maʼlum qilinishicha, Rossiyaning Oila kodeksi fuqarolardan biri boshqa roʻyxatdan oʻtgan nikohda boʻlsa, yana bir boshqa nikohga ruxsat berishni taqiqlaydi. Shu bilan birga, diniy tashkilotlar qonun hujjatlariga zid boʻlmagan taqdirdagina oʻzlarining ichki tartib-qoidalariga muvofiq harakat qilishlari mumkinligi taʼkidlab oʻtilgan.
Eslatib oʻtamiz, 19-dekabr kuni Moskva muftiysi Ildar Alyautdinov rossiyalik musulmonlar barcha xotinlariga adolatli va teng munosabatda boʻlgan holdagina toʻrttagacha diniy nikohdan oʻtishga ruxsat beruvchi fatvoni eʼlon qilgan edi.
Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 126-moddasiga koʻra, koʻp xotinli boʻlish, yaʼni umumiy roʻzgʻor asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin boʻlib yashash bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 478-moddasiga koʻra, ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin boʻlib yashashni targʻib qilish ham man etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring