Rossiya kompaniyasi O‘zbekistondagi eng yirik qog‘oz ishlab chiqaruvchi kompaniyani to‘liq sotib olаyapti
Rossiyaning “Nikol-Pak” kompaniyasi O‘zbekistondagi “Angren Pack” AJni to‘liq sotib olmoqchi.
Bu haqda respublika fond birjasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Rossiya kompaniyasi iyun oyi boshida mazkur korxonaning nazorat paketi(53 foiz)ni sotib olib, uning ilgari Paper Mill Holding(Chexiya)ga tegishli bo‘lgan 215 600 ta aksiyasi egasiga aylangandi.
Endilikda “Nikol-Pak” korxonaning qolgan 10 mingta oddiy qimmatbaho qog‘ozini har birini 10 ming so‘mdan xarid qilib olmoqchi. Agar Rossiya kompaniyasi 30 kun ichida aksiyalarni sotish bo‘yicha yozma rozilikka ega bo‘lsa, ularni xarid qilish majburiyatini olgan.
Ma’lumot uchun, “Angren Pack” O‘zbekiston qog‘oz sanoatida yetakchi korxona bo‘lib, Markaziy Osiyoda tara karton va gofrotara ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirigi hisoblanadi. O‘z navbatida, bu yerda shaxsiy gigiyena mahsulotlari, jumladan, qog‘oz salfetka va sochiqlar tayyorlanadi. Kompaniyaning yillik quvvati 100 ming tonna qog‘oz va 120 million metr kvadrat gofrokartonga teng.
“Nikol-Pak” esa Rossiyada yiliga 250 ming tonnadan ziyod tayyor qog‘oz yetkazib beruvchi beshta ishlab chiqarish maydonini o‘zida birlashtirgan. Bu ushbu mamlakatdagi yagona vertikal integrallashgan kompaniya bo‘lib, karton gilzalari va himoya burchaklarini ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring