Rossiya kompaniyasi Farhod GESini modernizatsiya qiladi

Rossiyaning “Silovыye mashinы — ZTL, LMZ, Elektrosila, Energomasheksport” kompaniyasi Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi Farhod GESini modernizatsiya qilishga kirishadi. Shu boʻyicha “Oʻzbekgidroenergo” AJ bilan bitim imzolangan. Bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida koʻrsatib oʻtildi.
Rus kompaniyasi obyektni “kaliti bilan” topshirish sharti asosida modernizatsiyadan chiqarib beradi. Loyihaning umumiy qiymati 58 mln. yevro deb baholanmoqda va uning asosiy qismi (45,2 mln. yevrosi)RFning “Vneshekonombank” banki krediti hisobidan yoʻnaltiriladi. U 10 yilga uch yillik imtiyozli muddatda berilmoqda. Yillik foiz stavkasi 0,35 foizlik marjani ham hisobga olganda 2,35 foizni tashkil etadi.
Mazkur kredit liniyasini ochish boʻyicha Oʻzbekiston Milliy banki bilan shartnoma imzolangan.
“Oʻzbekgidroenergo” esa buning uchun oʻz mablagʻlaridan 13 mln. yevro ajratadi. Kredit 2028 yilgacha berilishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Farhod GESi Sirdaryo daryosidagi gidroelektrostansiyadir.
2018 yilning yanvar oyida Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida erishilgan kelishuvga koʻra, Farhod GESi joylashgan hudud Tojikistonga tegishli deb, GESning oʻzi esa Oʻzbekiston mulki deb tan olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring