Rossiya frontda shifokorlarga ehtiyoj sezmoqda. Yaradorlar va yordamga muhtojlar koʻpayib ketgan

13:25 28 Noyabr 2024 Dunyo
164 0

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Rossiya armiyasidagi katta yoʻqotishlar mamlakatning harbiy tibbiy xizmatiga jiddiy bosim oʻtkazmoqda. Qayd etish kerakki, Moskva Ukrainaga keng koʻlamli hujum boshlaganidan beri 735 mingdan ortiq qurbonlar qayd etilgan. Shundan 500 ming nafar yaradorlar davolanishga majbur boʻlgan. Ushbu katta yoʻqotishlar Rossiya harbiy tibbiyot tizimida xodimlar yetishmovchiligiga sabab boʻlayotgani aytilyapti.

Xabar qilinishicha, Ukraina va Rossiya oʻz yoʻqotishlari haqidagi aniq maʼlumotlarni muntazam taqdim etmayapti. Kiyev bergan maʼlumotlariga koʻra, Rossiya bir kun ichida 1,770 nafar qurbon bergan va bu urushning soʻnggi ikki yarim yillikdagi eng yuqori kunlik yoʻqotishidir. Buyuk Britaniya qurolli kuchlari rahbariyati oktyabr oyi Rossiya uchun urushning eng yoʻqotishli oyi boʻlgani bildirmoqda.

Xalqaro ekspertlarga koʻra, Rossiya har oy harbiy xizmatga taxminan 30 ming yangi askar jalb qilyapti, ammo bu urushdagi yoʻqotishlarni qoplash uchun yetarli emas. Ukrainadagi janglarda Rossiya piyodalarga tayanib, koʻp sonli qurbonlar hisobiga oldinga siljishga urinmoqda.

Britaniya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Kiyevdagi dron hujumlari va zirhlangan texnikaning yetishmasligi Rossiya yaradorlarini oʻz vaqtida evakuatsiya qilishni murakkablashtirgan. Moskvaning harbiy tizimida bunday muammolar urushdagi yoʻqotishlarni yanada oshirishi mumkin.

“Newsweek” ayni paytda Rossiya ichida harbiylar orasida norozilik holatlari kuzatilayotganini bildirmoqda. Nashrga koʻra, Novosibirsk shahrida Rossiya askarlari jarohatlari tufayli jangga qaytishga tayyor emasliklarini bildirgan va tibbiy yordam talab qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?