Ronaldu jahon rekordini yangilashda davom etmoqda
Kecha, 9-sentyabr kuni Yevropa mintaqasida Jahon chempionati saralashining navbatdagi tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Xususan, Budapesht shahrida joylashgan “Ferens Pushkash” stadionida Vengriya terma jamoasi Portugaliyani qabul qildi.
Uchrashuv 2:3 hisobi bilan mehmonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Portugaliyadan gollarga Joau Kanselu, Bernardu Silva va terma jamoada gol urish boʻyicha jahon rekordchisi Krishtianu Ronaldu (141 gol, 223 oʻyin) mualliflik qildi. Vengriya terma jamoasining javob gollari esa Barnabash Varga hisobiga yozildi.
“Sofascore” Portugaliya termasi himoyachisi Joau Kanseluga eng yuqori bahoni qoʻydi (9,2). Terma jamoadagi 141-golini urgan Krishtianu Ronalduning harakatlari esa 7 ballga loyiq koʻrildi.
Ushbu gʻalabadan soʻng, Portugaliya terma jamoasi oʻz guruhida 6 ochko bilan peshqadam boʻlib turibdi. Jamoa dastlabki turda Armaniston terma jamoasini 5:0 hisobi bilan magʻlub etgan edi.
Maʼlumot uchun, Portugaliya Jahon chempionati saralashining 3-turidagi oʻyinini 11-oktyabr kuni Irlandiya terma jamoasiga qarshi Lissabonda oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring