Ronaldu yana qancha vaqt futbol oʻynashni rejalashtirganini maʼlum qildi

23:53 31 Yanvar 2022 Sport
950 0

Foto: Reuters

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Men — Jorjina» hujjatli serialida yana qancha vaqt futbol oʻynashni rejalashtirayotgani haqidagi savolga javob berdi.

“Hatto taʼtilda ham formamni saqlab qolishga harakat qilaman. Yana bir necha yil futbol oʻynashni rejalashtiryapman”, dedi futbolchi.

2021-yilning 27-avgust kuni «Manchester Yunayted» 2003- 2009-yillarda “qizil iblislar” safida toʻp surgan Ronalduning qaytishini eʼlon qildi. U ushbu jamoa tarkibida uch karra Angliya premer-ligasi (APL) chempioni va Chempionlar ligasi gʻolibi boʻlgan edi.

Portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda APLda 18 ta oʻyinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 8 ta gol kiritib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ingliz klubiga oʻtishdan oldin Ronaldu Italiyaning «Yuventus» klubi sharafini himoya qilgan. 2018-2021-yillarda futbolchi Italiya chempionatida 98 ta oʻyin oʻtkazib, raqiblar darvozasiga 81 ta gol kiritgan va 20 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Oldinroq, “Barselona”ning sobiq futbolchisi Messi yana Kataloniyaga qaytgani haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?