Ronaldu gollari sonini 952 taga yetkazdi
Kecha, 1-noyabr kuni Saudiya Arabistoni Professional ligasining 7-tur uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidagi bahsda “Al-Nasr” jamoasi oʻz maydonida “Al-Fayha” klubini qabul qildi.
Uchrashuvda hisob 13-daqiqada “Al-Fayha” futbolchisi Jeyson tomonidan ochildi. Oʻyin yakunida ushbu futbolchi “Sofascore” tomonidan bahs qahramoni deb topildi. Uning harakatlari portal tomonidan 8,8 ballga baholandi.
Birinchi taym soʻnggida Krishtianu Ronaldu hisobni tenglashtirdi. Birinchi boʻlim shu hisob bilan yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning asosiy vaqtida hisob oʻzgarmadi. Hakam tomonidan qoʻshib berilgan daqiqalarda Ronaldu penaltidan hisobni 2:1 koʻrinishiga keltirdi. Oʻyin aynan shu hisob bilan yakunlandi.
Shu tariqa Krishtianu Ronaldu klublar futbolidagi gollari sonini 952 taga yetkazdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring