Robotlar ittifoqi yoxud Tramp tarixdagi eng yirik sunʼiy intellekt infratuzilmasini yaratmoqchi
AQSH prezidenti Donald Tramp sunʼiy intellekt infratuzilmasini rivojlantirish uchun Texasdagi “Oracle” texnologik firmasi, Yaponiyaning “SoftBank” va “OpenAI” bilan 500 milliard AQSH dollarlik qoʻshma korxona tashkil etishini eʼlon qildi.
Tramp bu haqda seshanba kuni Oq uyda “SoftBank” bosh direktori Masayosi Son, “OpenAI” bosh direktori Sem Altman va “Oracle” direktori Larri Ellison ishtirokidagi tadbirda maʼlum qilgan. Uning taʼkidlashicha, loyiha tarixdagi eng yirik SI infratuzilmasi boʻladi va u uchun avvaliga 100 milliard, keyingi toʻrt yilda 500 milliard AQSH dollar ajratiladi.
“Mablagʻlar katta maʼlumot markazlari va sunʼiy idrokni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur boʻlgan boshqa infratuzilmalarni qurishga sarflanadi”, dedi Tramp.
Yangi saylangan prezidentning bayonoti Jo Baydenning sunʼiy intellektni rivojlantirish boʻyicha xavfsizlik qoidalarini belgilovchi farmoyishini bekor qilganidan bir kun oʻtib chiqdi. Qoidalar kompaniyalardan xavfsizlik sinovi natijalarini boshqa qoidalar qatori AQSH hukumatiga maʼlum qilib borishni talab etardi.
Trampning farmonidan keyin “Stargate” va AQSHda joylashgan boshqa SI loyihalari endi milliy rivojlanish yoʻriqnomalariga boʻysunmaydi. Shunga qaramasdan, shtatlar cheklovlar oʻrnatishni ham istisno etmaydi.
Maʼlumotlarga koʻra, loyiha “SoftBank” va “OpenAI” tomonidan boshqariladi hamda AQSHning eng yaxshi texnologiya kompaniyalarini qamrab oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring