Rishtonda qariyb 228 million soʻmlik gaz oʻgʻirlagan kulolchilik sexi fosh qilindi
Rishton tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan kulolchilik sexi aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Unda aytilishicha, Fargʻona viloyati Rishton tumanida oʻtkazilgan oʻtkazilgan reyd tadbirlari jarayonida “Navbahor” MFYda joylashgan, YTT “U. I.”ga qarashli kulolchilik sexi gaz taʼminotidan uzilgan boʻlsada, oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa qayta ulanib olgani maʼlum boʻlgan.
Hozirda mazkur qonunbuzilish holati yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilingan va 227 million 940 ming soʻmlik zarar aniqlangan. Hozirda barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring