Rim papasi Fransisk 88 yoshida vafot etdi

Rim papasi Fransisk bugun, 21-aprel kuni 88 yoshida vafot etdi. Bu haqida “Vatican News” oʻzining X sahifasida maʼlum qildi.
Papa shu yilning 14-fevral kuni nafas olishda qiynalgani uchun Rimning Gemelli kasalxonasiga yotqizilgan edi. Dastlabki tekshiruvlardan soʻng, unda ikki tomonlama pnevmoniya hamda yengil buyrak yetishmovchiligi tashxisi qoʻyilgan.
“Sogʻligi yomonligiga qaramay, Fransiskning kayfiyati aʼlo darajada. U ertalab ehtirom marosimida ishtirok etdi. Kun davomida esa dam olish, duo va kitob oʻqish bilan shugʻullandi”, — degandi Vatikan maʼmuriyati vakili.
“Fransisk juda ogʻir ahvolda kasalxonaga olib kelindi. Unga yangi qon quydik hamda sunʼiy kislorod apparati uladik. Shundan soʻng uning ahvoli ancha barqaror boʻldi”, — deb maʼlumot bergan edi shifokorlar guruhi rahbari.
Maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi vaqtlarda papaning ahvolida ijobiy oʻzgarishlar kuzatilgan, shifokorlar uning sogʻligi borasida jiddiy qaygʻurib, muntazam nazorat qilib borgan.
“Soʻnggi paytlarda menga koʻplab mehr-muhabbat xabarlari keldi, ayniqsa, bolalarning maktublari va chizgan rasmlari meni hayratda qoldirdi. Yaqinligingiz hamda tasalli duolaringiz uchun rahmat. Bu menga kuch beradi”, — deya bayonot bergandi papa Fransisk oʻzining soʻngi chiqishida.
Maʼlumot uchun, Fransisk 2013-yilning 13-martidan buyon Rim papasi lavozimini egallab kelayotgandi. Undan oldin Benedikt XVI ushbu lavozimda boʻlgan hamda 2013-yil 85 yoshida isteʼfoga chiqqandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring