Riyeltorlik tashkilotlari tomonidan koʻchmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish tartibi belgilandi
Adliya vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasi Riyeltorlik xizmatlarining milliy standarti «Koʻchmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish”ni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi buyruqni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, riyeltorlik tashkilotlari koʻchmas mulk obyektlarini mulkdorlar manfaatlarini hisobga olgan holda boshqarish, ijaraga berish, taʼmirlash, texnik xizmat koʻrsatish, daromad va xarajatlarni boshqarish kabi xizmatlarni professional asosda amalga oshiradi.
Standart bilan quyidagi mezonlar belgilandi:
- koʻchmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarishning tashkiliy jihatlari;
- ishonchli boshqaruvchi va mulkdor oʻrtasidagi huquq-majburiyatlar;
- ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish boʻyicha talablar;
- boshqaruvning shaffofligi va samaradorligini taʼminlash.
Shuningdek, mazkur milliy standart jismoniy va yuridik shaxslar uchun koʻchmas mulkdan samarali foydalanish, foyda olish va mulk qiymatini oshirish imkoniyatini yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring