“Reuters”: Rossiya va AQSH tinchlik muzokaralari doirasida energetika bitimlarini muhokama qildi
“Reuters” manbalariga koʻra, Rossiya va Amerika vakillari tinchlik muzokaralari jarayonida Moskva tinchlikka rozi boʻlishiga turtki boʻlishi mumkin boʻlgan qator energiya bitimlarini muhokama qilishgan.
Maʼlumotlarga koʻra, Vashington energetika sohasidagi hamkorlik sabab ayrim sanksiyalarni bekor qilishga majbur boʻlishi ehtimol qilinmoqda.
Manbalarning taʼkidlashicha, muzokaralarda Amerikaning “Exxon Mobil” kompaniyasini “Saxalin-1” neft-gaz loyihasiga qaytarish va Rossiyaning suyultirilgan gaz (LNG) loyihalari uchun AQSH uskunalarini sotib olish imkoniyatlari muhokama etilgan.
Agentlik yozganidek, bu masalalar boʻyicha muloqotlar AQSHning maxsus vakili Stiv Uitkoffning Moskvaga soʻnggi tashrifi hamda Alyaskada oʻtgan sammitda kun tartibiga qoʻyilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring