Respublikaning 6 ta hududida qor koʻchkisi xavfi eʼlon qilindi

15:33 26 Yanvar 2026 Jamiyat
338 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

Oʻzbekistonning 6 ta viloyatida qor koʻchkisi xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi ogohlantirish bilan chiqdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 27-30-yanvar kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishi sababli respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi mavjud. Jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Nurobod, Qoʻshrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);
  • Namangan viloyati: Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.

Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻraladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?