Respublikada 60 ta ilgʻor shahar-tuman ishsizlik va kambagʻallikdan xoli hududga aylantiriladi

17:36 16 Dekabr 2024 Siyosat
243 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻtgan olti yilda 1 million 600 ming nafar aholi “yaxshi” kredit tarixiga ega boʻldi. Shu bilan birga, tarixi “oʻrta” baholanganlarga yangi kredit olishda talablar kuchayishi tabiiy.

Bunday mijozlarning kredit tarixini yaxshilash, kelgusida ular tadbirkorga aylanishi uchun banklar katalizator boʻlishi lozimligi taʼkidlandi.

Kelgusi yilda loyihasi bor 100 mingta “oʻrta” toifadagi mijozlar bilan uch oylik individual reja asosida ishlash, ularning soliq, elektr, gaz kabi boshqa toʻlovlarini ham inobatga olish, moliyaviy bilimini oshirish va loyihalarini yaxshilash orqali ularni tadbirkorga aylantirish taklif qilindi.

Yigʻilishda respublika boʻyicha 60 ta ilgʻor shahar-tumanni ishsizlik va kambagʻallikdan xoli hududlarga aylantirish choralari ham muhokama qilindi.

Bu tumanlarda kelgusi yilda 2 million aholini band qilish, 417 mingta oilani kambagʻallikdan olib chiqish zarurligi qayd etildi.

Tuman va shahar hokimlariga ushbu tuman-shaharlarda infratuzilmani yaxshilash topshirildi.

Aniqlangan imkoniyatlarni natijaga aylantirish uchun banklar mustahkam moliyaviy resursga ega boʻlishi kerakligi taʼkidlandi.

Davlat mablagʻlari qatorida tashqi manbalardan ham resurs jalb qilish zarurligi qayd etildi.

Buning uchun har bir bankda chet eldan mablagʻ olib keladigan ishchi guruh tuzish, xorijiy banklar bilan tizimli ishlab, chet elda roud-shoular oʻtkazish, yevrobond chiqarish, bank reytingini yaxshilash va xalqaro standartlarga moslashish dolzarb ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.

Oxirgi 5-yilda kichik va oʻrta biznesning kredit portfelidagi ulushi 40 foizdan 28 foizgacha pasaygani koʻrsatib oʻtildi. Bunday kreditlar ulushini 40 foizga yoki 120 trillion soʻmga yetkazish choralarini koʻrish zarurligi taʼkidlandi.

Umuman, yirik loyihalarni kichik biznes hisobidan moliyalashtirish amaliyotiga chek qoʻyish vaqti kelgani qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер