Respublika ruhiy salomatlik markazining vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda ixtisoslashtirilgan psixiatriya va narkologiya xizmatini koʻrsatishning yagona tashkiliy-uslubiy vertikal boshqaruv tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallarining quyidagi asosiy vazifalari belgilandi:
- psixiatriya yordami xizmatlarini birlamchi tibbiy yordam muassasalariga integratsiya qilish orqali ruhiy kasalliklarni erta aniqlash va davolash;
- birlamchi boʻgʻin tibbiyot muassasasi shifokorlarining ruhiy kasallarni klinik baholash, davolash va kuzatish boʻyicha koʻnikma va bilimlarini oshirish;
- aholi, ayniqsa bolalar va oʻsmirlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash;
- tibbiyot xodimlarining kasbiy darajasini oshirish va takomillashtirish, shu jumladan mutaxassislarning kasalliklariga tashxis qoʻyish va ularni davolashning zamonaviy usullari sohasida yetakchi xorijiy tibbiyot oʻquv yurtlari va klinikalarida stajirovkalarini tashkil etish;
- kasalliklarning oldini olish, tashxis qoʻyish va davolashning ilgʻor usullari va texnologiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, shuningdek ularni tibbiyot amaliyotiga joriy etish;
- yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash.
Markaz sogʻliqni saqlashning barcha darajalarida ruhiy salomatlikni taʼminlash yoʻnalishidagi ishlarni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Hujjat bilan amaldagi psixiatriya va narkologiya xizmatlarini hududiy filiallarga qayta tashkil etilishini hisobga olgan holda Markazning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring