Respublika "Kelajak markazi"ga direktor tayinlandi
Foto: MMTV
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug'i bilan Xoldarova Indira Abdukarimovna Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Kelajak markazi" direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Indira Xoldarova bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Maktabdan tashqari taʻlimni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Xoldarova turli yillarda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati boshlangʻich tashkiloti oʻqituvchisi, tashkilotning Toshkent shahar Kengashi apparati va Yoshlar ittifoqida turli lavozimlarda ishlagan.
U 2020-2022-yillarda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengash raisi oʻrinbosari — "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi, 2022-2023-yillarda Yoshlar ishlari agentligi boshqarma boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, Respublika “Kelajak” markazi Prezidentning 8-sentyabr kuni qabul qilingan “Maktabdan tashqari ta'lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 277-son qarori bilan tashkil etilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring