Respublika boʻylab Umra boʻyicha noqonuniy reklama tarqatganlar jarimaga tortildi
Illyustrativ foto
Raqobatni qoʻmitasi respublikadagi bir qator sayohat agentliklari tomonidan Umra tadbirini tashkil etish va oʻtkazishga oid noqonuniy reklama tarqatish holatlari aniqlandi.
Maʼlum boʻlishicha, Buxoro, Samarqand, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shaharida “Mirabelle Travel”, “Ketdik Tour”, “Ayattour” va “Tavakkalna Travel” MCHJlari tomonidan litsenziyasiz reklamalar tarqatilgan. Bu holatda “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun buzilganligi tufayli, turoperatorlarga maʼmuriy javobgarlik belgilandi.
Shuningdek, Namangan va Fargʻona viloyatlarida ham “Jat Travel” kompaniyasi Instagram sahifasida, “Fargʻona Umra”, “Saudiyaga Sayohat”, “Aziz Turizm” va “Sardor Turizm” agentliklari Telegram kanallari adminlari ham reklama eʼlonlarida qonunchilik talablari buzilganligi sababli javobgarlikka tortildi.
Bundan tashqari, litsenziyasiz reklama tarqatayotgan 12 dan ortiq axborot resursi aniqlanib, ularning faoliyatini aniqlashtirish uchun Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markaziga maʼlumotlar taqdim etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring