Respublika boʻyicha 12 mln. nafar bolalar milliy emlash kalendari asosida 13 turdagi boshqariluvchi yuqumli kasallikka qarshi emlangan
Ayni damda AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi oʻrinbosari va mutasaddilari ishtirokida boʻlib oʻtayotgan matbuot anjumanida yuqumli kasalliklarni oldini olish va sanitariya yoʻnalishi boʻyicha bajarilgan ishlar hamda OAVda va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli asoslanmagan xabarlar yuzasidan maʼlumot berildi.
Malga oshirilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar natijasida joriy yilning 6 oyi davomida ayrim yuqumli kasalliklarning oʻtgan 2022-yilning shu davriga nisbatan pasayishi kuzatildi.
Xususan, salmonellez infeksiyasi 18,1%ga, bakterial ichburugʻ 46,2%ga, oʻtkir ichak kasalliklari 10,4%, virusli gepatit V 26,9%ga, virusli gepatit S 27,7%, ayrim gelmintoz kasalliklar: askaridoz 26,8%, trixotsefalyoz 85%, teniarinxozning 23% pasayishi qayd etilgan.
Respublika boʻyicha amalga oshirilayotgan profilaktik va epidemiyaga qarshi samarali tadbirlar natijasida oʻlat, vabo, sariq isitma, virusli gemorragik isitmalar, parranda grippi kabi karantin va oʻta xavfli yuqumli kasalliklarni respublika hududiga chetdan kirib kelishi va aholi oʻrtasida tarqalib ketishiga yoʻl qoʻyilmadi.
Shuningdek, Yevropa va Jahon savdo tashkilotlari va xalqaro talablardan kelib chiqib, taʼlim, qurilish, oziq-ovqat va boshqa sohalar boʻyicha 40 ta sanitariya qoida va meʼyorlari yangi tahrirda qabul qilindi va xalqaro andozalarga moslashtirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring