Rektor yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

18:20 22 Dekabr 2023 Jamiyat
490 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida talabalar, Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda yosh ilmiy tadqiqotchilar ishtirokida “Rektor va yoshlar” ochiq muloqoti tashkil etildi.

Unda universitet rektori Baxtiyor Mardonov yurtimizda yoshlar siyosati borasida olib borilayotgan islohotlar, yaratilgan imkoniyatlar toʻgʻrisida axborot berar ekan, universitet misolida amalga oshirilayotgan loyihalar, 2023-yilda erishilgan yutuqlarga eʼtibor qaratdi.

Taʼkidlanishicha, 2023-yil oliy taʼlim muassasasining xalqaro faoliyatida eng yuqori koʻrsatkichlarga erishilgan davr boʻldi. Oʻtgan bir yil ichida universitetga turli konferensiyalar va amaliy tashriflar doirasida 30 ga yaqin mamlakat va 10 dan ortiq xalqaro kompaniyalari masʼullari tashrif buyurishib, ikki tomonlama hamkorlik memorandumlari hamda bir qator kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining olim va talaba yoshlari yil davomida Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Germaniya, Ispaniya kabi 10 dan ortiq rivojlangan mamlakatlarning dunyoning TOP universitetlari faoliyati bilan tanishib, mazkur tashriflar davomida talabalar va magistrlar akademik almashuvi hamda professor oʻqituvchilarning stajirovkalari boʻyicha hamkorlik ayni vaqtda ham davom etmoqda.

— Shu bir yil davomida professor-oʻqituvchilarimiz tomonidan 50 dan ortiq monografiya, oʻquv qoʻllanma va boshqa ilmiy adabiyotlar yaratilganini erishgan natijalarimizning yuksak eʼtirof desak mubolagʻa emas, — deydi B. Mardonov. — Konchilik va umuman sanoat sohasining turli tarmoqlarini qamrab olgan mazkur ilmiy asarlarning har biri ortida mashaqqatli mehnat mujassam.

Muloqotda yoshlarning fikrlari tinglanib, sohadagi mavjud muammolar, tizimli kamchiliklar hamda ularni bartaraf etishga oid takliflar muhokama qilindi. Koʻtarilgan barcha murojaatlar va mulohazalar asosida “Yoʻl xarita"si ishlab chiqish belgilandi.

Tadbir davomida turli tanlovlarda gʻolib boʻlgan bir guruh iqtidorli va faol yoshlar ragʻbatlantirildi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер