Rektor va yoshlar uchrashuvi
Samarqand davlat universiteti rektori, Oliy Majlis Senati aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodov yil davomida yoshlar bilan muntazam muloqotlar tashkil etib kelmoqda.
Kecha tashkil etilgan “Rektor va yoshlar” uchrashuvi ana shunday tadbirlarning mantiqiy davomi boʻldi, desak, ayni haqiqat.
Tadbirda R. Xolmurodov taʼkidlaganidek, isteʼdodli yoshlar mamlakat umidi, millat tayanchidir. SamDUda ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu esa iqtidorli yoshlar safining yildan yilga kengayishiga yoʻl ochmoqda.

Ayni paytda mazkur universitet talabalari orasida Davlat mukofotlari laureatlari, Olimpiada va Jahon, Osiyo hamda mamlakat chempionlari, Xalqaro fan olimpiadalari va tanlovlar gʻoliblari, Prezident hamda davlat stipendiyalari sohiblari, shuningdek, ilmiy maqolalari, badiiy asarlari nashr etilgan isteʼdodli yoshlar talaygina.
Tadbirda joriy yilda xalqaro olimpiadalar, tanlovlar, sport musobaqalarida munosib ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan universitet iqtidorli hamda ijodkor talabalari pul mukofotlari va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Xususan, matematika fani boʻyicha II-Xalqaro olimpiadada umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan universitet jamoasi aʼzolari diplom va noutbuk bilan ragʻbatlantirildi.

Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Yil talabasi” tanlovi universitet bosqichida nominatsiyalar boʻyicha sovrinli oʻrinlarni egallagan talabalarga pul mukofotlari sertifikatlari topshirildi. “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining futbol, voleybol, stol tennis va shaxmat sport turlari boʻyicha universitet bosqichi gʻoliblari diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring