“Real” Mbappedan koʻp gol urgan hujumchisini “Chelsi”ga sotib yuborishi mumkin

17:33 05 Iyul 2025 Sport
355 0

Gonzalo Garsiya AQSHda oʻtayotgan Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida “Real Madrid” safida yorqin oʻyin koʻrsatib, jamoaning toʻrtta oʻyinidan uchtasida gol urdi. Uning bu muvaffaqiyatli oʻyini boshqa klublarning eʼtiborini tortdi. “Football Espana” nashrining yozishicha, Garsiya bilan “Chelsi” klubi jiddiy qiziqmoqda.

“Chelsi” soʻnggi yillarda yosh isteʼdodlarni tarkibiga qoʻshishga katta urgʻu bergan va Garsiya bu borada ularning asosiy nishonlaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, “Barselona” yarim himoyachilari Mark Kasado va Fermin Lopes ham London klubining eʼtiborida.

Maʼlumotlarga koʻra, “Chelsi” Gonzalo Garsiyani qoʻlga kiritish uchun 40 million yevro toʻlashga tayyor. Uning shartnomasida 50 million yevrolik tovon puli koʻrsatilgan boʻlsada, “Real Madrid” uni biroz arzonroq narxda sotishga rozi boʻlishi mumkin.

Qayd etish kerakki, 2024-2025-yilgi mavsum tugagandan beri rasmiy musobaqalarda hech bir “Real” futbolchisi Gonzalodan koʻp gol ura olmadi. U 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. Buni Vini ham, Mbappe ham qayd eta olgani yoʻq.

Shunga qaramay, Real Madrid Gonzalo Garsiyani sotishdan manfaatdor. Xususan, bu transfer amalga oshgan taqdirda ham, Madrid oʻz tarbiyalanuvchisining shartnomasiga qayta sotib olish bandini kiritishni xohlamoqda.

Bu esa kelajakda iqtidorli futbolchini klubga qaytarish imkonini berishi mumkin. Biroq “Chelsi” kabi yirik klublar bunday shartga rozi boʻlishi qiyin boʻlishi ehtimoldan xoli emas. Shunday ekan, Gonzalo Garsiyaning kelajagi borasidagi yakuniy qaror yaqin kunlarda maʼlum boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер