“Real Madrid” safarda ochko yoʻqotdi

10:17 24 Noyabr 2025 Sport
427 0

Kecha, 23-noyabr kuni Ispaniya La Ligasining 13-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Real Madrid” jamoasi safarda “Elche” klubi mehmoni boʻldi. Uchrashuvda durang natija qayd etildi.

Bahsning birinchi boʻlimida hisob ochilmadi. Ikkinchi boʻlimning 53-daqiqasida Alaysh Febas hisobni ochdi. 78-daqiqada “madridliklar” himoyachisi Din Huyysen hisobni tenglashtirdi.

Oradan 5 daqiqa oʻtib, “Elche” jamoasi Alvaro Rodrigesning goʻli evaziga yana hisobda oldinga oʻtib oldi. Soʻnggi daqiqalarda esa Jud Bellingem gol kiritib, oʻyinning durang bilan yakunlanishini taʼminladi.

Shu tariqa oʻyin 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Ushbu durang evaziga Madrid klubi La Liga jadvalida yana yetakchi boʻlib oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер