“Real Madrid” qishda yangi himoyachi olmoqchi
“Real Madrid” jamoasi markaziy himoyada jiddiy oʻzgarish qilish arafasida. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, jamoa oʻz himoyachilari Antonio Ryudiger va David Alaba bilan shartnomalarni uzaytirish niyatida emas. Shuningdek, hozirda asosiy tarkibda oʻynayotgan Eder Militaoning oʻyin holati ham kuzatilmoqda. Agar jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso undan qoniqmasa, “Qirollik klubi” qishda boshqa himoyachi sotib oladi.

“Arsenal” futbolchisi Uilyam Saliba va “Liverpul” himoyachisi Ibrohim Konate variantlari “qaymoqranglilar”ning skautlari tomonidan oʻrganila boshlagan.
Maʼlumot uchun, “Real Madrid”ning David Alaba va Antonio Ryudiger bilan shartnomasi 2026-yilning yozida oʻz yakuniga yetadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring