“Real Madrid” ochko yoʻqotdi, “Barselona” safardan gʻalaba bilan qaytdi
Kecha, 9-noyabr kuni Ispaniya La Ligasining 12-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Real Madrid” klubi “Rayo Valekano” mehmoni boʻldi.
Uchrashuvda golsiz durang qayd etildi. Taʼkidlash joizki, “qirollik klubi” Ispaniya chempionatida oʻtgan soʻnggi 4 ta oʻyinda ketma-ket gʻalabani qoʻlga kiritgan edi.
Shuningdek, “Real Madrid” bu yil Ispaniya chempionatida birinchi marta bahsni golsiz yakunladi. Xabi Alonso shogirdlari oʻtgan 11 ta uchrashuvning barchasida raqib darvozasini kamida bir bor ishgʻol etishni uddalagan edilar.
Maʼlumot uchun, “Real Madrid” jamoasi navbatdagi oʻyinini 24-noyabr kuni “Elche” klubiga qarshi oʻtkazadi.
Ispaniya La Ligasining 12-tur oʻyinlari doirasidan oʻrin olgan yana bir bahsda “Selta” jamoasi oʻz maydonida “Barselona”ni qabul qildi.
Uchrashuv “kataloniyaliklar”ning 4:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. “Barselona” jamoasining gоllariga Robert Levandovski (3 ta) va Lamin Yamal mualliflik qildi. “Vigoliklar”ning javob gоllari esa Serxio Karreyra va Borxa Iglesiaslar hisobiga yozildi.
Mazkur bahsda “koʻk-anorranglilar”ning polyak hujumchisi Robert Levandovski 1-yilu 4 kundan soʻng yana xet-trikka erishishni uddaladi. Oʻyinda gʻalaba qozongan “Barselona” esa “Real Madrid” bilan orasidagi farqni 2 ochkoga qisqartirishni uddaladi.
Maʼlumot uchun, Kataloniya klubi keyingi oʻyinini 22-noyabr kuni “Atletik Bilbao”ga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring