“Real Madrid“ Xabi Alonsoni isteʼfoga chiqaradi, agar...
“Real Madrid” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso isteʼfoga chiqarilishi mumkin. Bu haqida AS nashri xabar berdi.
Unga koʻra, “Real Madrid” La Liganing navbatdagi tur oʻyinidagi “Alaves”ga qarshi oʻyinda ham magʻlubiyatga uchrasa, Xabi Alonso ishdan boʻshatiladi. Biroq oʻyinda “qaymoqranglilar“ gʻalaba qozongan taqdirda ham Alonso masalasi hal boʻlmaydi. Klub barqaror oʻyin koʻrsatishni davom ettirsagina, u qolishi mumkin.
Qayd etilishicha, “Real Madrid” oʻz murabbiyi isteʼfoga chiqarilgan taqdirda uning oʻrniga Yurgen Klopp taklif etilishi mumkin. Klub rahbariyati allaqachon Klopp rejalari bilan qiziqishni boshlagan.
Maʼlumot uchun, oldinroq Xabi Alonso jamoadan ketgan taqdirda klubga Zinedin Zidan olib kelinishi haqida maʼlumotlar paydo boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring