“Real Madrid” futbolchisi faoliyatini Fransiyada davom ettirishga yaqin
“Real Madrid” jamoasining braziliyalik futbolchisi Endrik faoliyatini Fransiyaning “Lion” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Onefootball” portali xabar berdi.
Unda yozilishicha, “Real Madrid” klubi Endrikni “Lion” jamoasiga ijaraga bermoqchi. Bosh murabbiy ham, futbolchi ham ushbu transferga qarshi emas.
Manba xabariga koʻra, Madrid klubi ushbu transferdan 800 ming yevro ishlab olishi mumkin. Shuningdek, “Lion” klubi uni ijara muddati davomida 25 tadan kam oʻyinda maydonga tushirsa, jarima toʻlashi ham belgilangan.
Shuningdek, “Real Madrid” agar futbolchi 31-yanvarga qadar jarohat olsa, uni qaytarib olish shartini ham ilgari surmoqda. Biroq, fransuz klubi ushbu muddatni 15-yanvargacha qisqartirmoqchi.
Maʼlumot uchun, Endrik 2024-yilning yozida “Real Madrid” klubiga koʻchib oʻtgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring