“Real Madrid” Angliyada magʻlub boʻldi, “Bavariya” Parijdan gʻalaba bilan qaytdi

11:00 05 Noyabr 2025 Sport
250 0

Kecha, 4-noyabr kuni UEFA Chempionlar Ligasi musobaqasining 4-tur oʻyinlari yakunlandi. Kun doirasida bir qator qiziqarli uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Ushbu bahslarga toʻxtalib oʻtamiz.

Markaziy oʻyin 1

Ushbu turning birinchi kunida muxlislar ikkita markaziy bahsga guvoh boʻldilar. Dastlabki bellashuv Liverpul shahrida boʻlib oʻtdi. Unda shu shahar nomi bilan ataladigan jamoa — “Real Madrid”ni qabul qildi.

Taʼkidlash kerakki, soʻnggi uchrashuvlarda qator magʻlubiyatlarni qabul qilib olgan “Liverpul”ga ushbu oʻyin oldidan autsayder sifatida qaralayotgan edi. Ammo Arne Slot boshchiligidagi jamoa bu bahsni oʻz foydasiga hal etishni uddaladi.

Mezbonlar asosiy tarkibiga nazar tashlasak, markaziy himoyada Van Deyk va Konate juftligi harakat qildi. Qanotlarda Bredli va Robertsonga ishonch bildirildi.

Tayanch yarimhimoyadan Gravenberh va Makallister oʻrin oldi. Hujum qanotlarida Muhammad Saloh va Soboslai, hujum chizigʻida Virts hamda Ekitike harakat qildi.

“Qirollik klubi”ning markaziy himoyasi Militao va Heysen juftligidan iborat boʻldi. Himoya qanotlarida Valverde va Karreras oʻynadi.

Markazda Chuameni, Kamavinga, Guler va Bellinghem harakat qildi. Hujum chizigʻida Vinisius Junior va Kilian Mbappe joy oldi.

Uchrashuvning birinchi boʻlimi qiziqarli tus oldi. Taym davomida “Liverpul” 9 ta, “Real Madrid” esa 6 ta zarba yoʻlladi. Ammo dastlabki boʻlim 0:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi boʻlimning 63-daqiqasida oʻyin taqdirini hal qilgan gol kiritildi. Soboslaining ajoyib uzatmasidan soʻng, Makallister oʻyindagi yagona golni urdi. Shu tariqa bahs 1:0 hisobida “mersisaydliklar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi.

“Liverpul” — “Real Madrid” 1:0

Gol: Makallister (61)

“Liverpul”: Mamardashvili, Van Deyk, Konate, Virts (Kiyeza, 88), Soboslai, Makallister (Jons, 78), Saloh, Bredli, Ekitike (Gakpo, 79), Robertson (Kerkez, 88), Gravenberh.

“Real Madrid”: Kurtua, Militao, Heysen, Valverde (Dias, 90), Karreras, Chuameni, Kamavinga (Rodrigo, 69), Guler (Trent, 81), Bellinghem, Vinisius, Mbappe.

Ogohlantirishlar: Makallister (52) — Vinisius (23), Heysen (45+1), Bellinghem (60), Karreras (90+5), Alonso (90+6)

Markaziy oʻyin 2

Tur doirasidagi yana bir markaziy toʻqnashuv Parij shahrida boʻlib oʻtdi. Unda musobaqaning amaldagi chempioni — PSJ klubi Germaniya futboli bayroqdori “Bavariya”ni qabul qildi.

Uchrashuv oldidan qaysi jamoa favorit ekanini aniqlash qiyin edi. Sababi, PSJ oʻz maydonida maksimal sport formadagi jamoa boʻlsa, “myunxenliklar” ketma-ket 15 ta gʻalabali seriyaga ega edilar. Yakunda ushbu seriya 16 oʻyinga yetdi.

Bellashuv mavsum boshida Liverpuldan “Bavariya”ga koʻchib oʻtgan Luis Diasning benefisiga aylandi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Bahsning 4-daqiqasidayoq kolumbiyalik hujumchi hisobni ochdi. 32-daqiqada Luisning oʻzi hisobdagi farqni ikki baravarga yetkazdi.

Biroq Diasga birinchi boʻlimni oxiriga yetkazish nasib etmadi. Hakem tomonidan qoʻshib berilgan daqiqalarda u PSJ futbolchisi Ashraf Hakimӣga nisbatan qoʻpol oʻynagani uchun maydondan chetlatildi. Birinchi boʻlim 0:2 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi boʻlimning 74-daqiqasida maydon egalari hisobni qisqartirishga muvaffaq boʻldilar. Joau Nevesh PSJning yagona goliga mualliflik qildi. Shu tariqa bahs 1:2 hisobida yakunlandi.

PSJ — “Bavariya” 1:2

Gollar: Nevesh (74) — Dias (4, 32)

PSJ: Shevale, Hakimi (Mayulu, 45+7), Markinos, Pacho, Nunu Mendesh, Zair-Emeri, Fabian Ruis (Nevesh, 66), Vitinya, Barkolya (Ramush, 66), Xvicha, Dembele (Li Kang In, 25).

“Bavariya”: Noyer, Upamekano, Ta, Kimmix, Gnabri (Bishof, 46), Olise, Pavlovich, Stanishich, Laymer, Dias, Keyn (Goreska, 88).

Ogohlantirishlar: Mendesh (84) — Bishof (47), Noyer (49), Stanishich (84)

Chetlatish: Dias (45+7)

“Arsenal”dan yirik gʻalaba

Angliya Premyer-ligasida yetakchi boʻlib turgan “Arsenal” jamoasi ushbu turni Chexiyada oʻtkazdi. Oʻtgan turlarda “Olimpiakos”, “Atletik” va “Atletiko” kabi jamoalarni magʻlub etgan “toʻpchilar” bu safar “Slaviya Praga” maydoniga safar qildilar.

“Arsenal” ushbu oʻyinda toʻliq asosiy tarkib bilan oʻynadi. Markaziy himoya Saliba va Gabriel juftligidan tashkil topdi. Himoya qanotlarida Timber va Inkapie harakat qildi.

Markaz Norgard, Nvaneri va Raysga ishonildi. Hujum triosidan Saka, Trossar va Merino oʻrin oldi.

Uchrashuvda hisob 32-daqiqada penaltidan ochildi. “Slaviya Praga” jamoasi darvozasi tomon belgilangan penaltidan Bukayo Saka aniq foydalanib hisobni ochdi. Birinchi boʻlim 0:1 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi boʻlimning dastlabki daqiqasida Merino hisobdagi farqni 2 taga yetkazdi. 68-daqiqada esa Merinoning oʻzi oʻyindagi soʻnggi golni kiritdi. Yakuniy hisob 0:3 “Arsenal” foydasiga.

“Slaviya Praga” – “Arsenal” 0:3

Gollar: Saka 32 (pen), Merino 46, 68

“Slaviya Praga”: Markovich, Vlchek (Dudera, 70), Xaloupek, Zima, Mozes (Hasioka, 74), Zayferis (Cham, 70), Sadilek, Mbodji, Provod, Xori, Sanyang (Kushey, 74).

“Arsenal”: Rayya, Timber (Uayt, 72), Saliba, Gabriel, Inkapie (Levis-Skelli, 72), Rays (Harriman, 81), Trossar (Douman, 72), Nergor, Merino, Nvaneri (Eze, 65), Saka.

Ogohlantirishlar: Zayferis 70, Dudera 83 – Nvaneri 24, Merino 37, Norgard 75, Levis-Skelli 79

“Yuventus” durang oʻynadi

Ushbu oʻyin oldidan oʻz murabbiyi Igor Tudorni Luchano Spalettiga almashtirgan Turinning “Yuventus” klubi ushbu turda Portugaliyaning “Sporting” jamoasi bilan kuch sinashdi. Bahs durang natija bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Maksimiliano Arauxo hisobni ochdi. 34-daqiqada “keksa senyora” yetakchisi Dushan Vlaxovich hisobni tenglashtirdi. Birinchi boʻlim 1:1 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi boʻlimda maydon egalarida qator yaxshi vaziyatlar boʻldi. Spaletti shogirdlari butun boʻlim davomida 9-marta “Sporting” darvozasi tomon zarba yoʻllashdi. Ammo, yakunda gol urilmadi. Shu tariqa uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

“Yuventus” – “Sporting” 1:1

Gollar: Vlaxovich 34 – Arauxo 12

“Yuventus”: Di Gregorio, Kalulu, Gatti, Kambiyazo, Makkenni, Kopmeyners, Lokatelli (Miretti, 83), Tyuram (Kostich, 72), Konseysau, Yildiz (David, 87), Vlaxovich (Adzich, 83).

“Sporting”: Silva, Vagiannidis (Kuarejma, 67), Diomande, Inasiu, Arauxo, Yulman, Simoyes (Morita, 82), Kenda, Trinkan, Gonsalvesh (Alisson Santos, 82), Ioannidis (Suares, 72).

Ogohlantirishlar: Tyuram 24, Kambiyazo 27 – Gonsalvesh 33, Arauxo 61, Yulman 73

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер