Razambek Jamalov toʻrt karra Yevropa chempionini turnirdan chiqarib yubordi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Razambek Jamalov “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.
-74 kg vazn toifasida qatnashayotgan sportchimiz Jamalov qiyin kechgan bahsda yana bir jahon erkin kurash yulduzi Slovakiya vakili Taymuraz Salkazanovni 10:4 hisobida magʻlub qildi.
Gap shundaki, Taymuraz 2021, 2022, 2023, 2024-yillarda toʻrt karra Yevropa chempioni unvoniga ega chiqqan juda kuchli sportchi edi. U shuningdek Jahon chempionatining bronza va ikki karra kumush medali sohibi ham hisoblanadi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Razambek Salambekovich Jamalov 1998-yil 1-iyulda Chechenistonda tugʻilgan. 2020-yilgi Jahon kubogi gʻolibi hisoblanadi.
Avvalroq, Ulugʻbek Rashitov va Hasanboy Doʻsmatovlar ikki karradan Olimpiada oltin medal sohiblari boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring