Ravshan Ermatov ispaniyalik taniqli futbolchi Fernando Moryentes bilan nimalarni muhokama qildi?

Ispaniyaning “Racing City Group” kompaniyasi rahbari Morris Panello va taniqli futbol yulduzi, “Real Madrid” klubining sobiq hujumchisi Fernando Moryentes Oʻzbekistonga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Fernando Moryentes tashrif doirasida OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va Faxriylar kengashi raisi Toʻlagan Isoqov hamrohligida Toshkent shahar futbol mahorat maktabi hamda “Bunyodkor” akademiyasi yosh tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi.
Samimiy ruhda kechgan uchrashuv mobaynida akademiya tarbiyalanuvchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga F.Moryentesdan javob oldi.
Shuningdek, futbol olamida katta tajribaga ega boʻlgan nufuzli mehmon yosh futbolchilarga kelgusi faoliyati uchun muhim boʻlgan maslahatlar berdi.
Uchrashuv yakunida Ravshan Ermatov Fernando Moryentesga tashrifi uchun minnatdorlik bildirib, esdalik sovgʻalari taqdim etdi.
Ispaniyanik sport mutasaddilari tashrif davomida, shuningdek, Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar futbol maktabini ochish boʻyicha Toshkentning “Oqtepa” futbol klubi rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yil 5-fevral kuni Oʻzbekistonning Madriddagi elchixonasida dunyoning qator futbol klublari va akademiyalarini birlashtirgan “Racing City Group” kompaniyasi rahbari Morris Panello hamda “Real Madrid” klubining taniqli sobiq futbolchilari Fernando Moryentes va Edvin Kongo bilan uchrashuv boʻlib oʻtgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev kelin-kuyovga elektr choynak sovg'a qildi
- Ikkalang ham noinsofsan! — Prezident Namangan shahar hokimi va prokuroriga qattiq tanbeh berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- “Xalq soʻzi” tanlovida ishtirok eting va tahririyatning qimmatbaho sovgʻasini qoʻlga kiriting!
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
- Facebook 7 million yevro jarimaga tortildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring