Rassom vasiyatiga ko‘ra yuzdan oshiq asarlari muzeyga topshirildi

Foto: Istam Ibrohimov / Xalq so‘zi
Buxoro shahrida yashovchi, asl kasbi pedagog Mavjuda Istatova marhum akasi, isteʼdodli rassom Murod Istatovning vasiyatini ado etdi. U marhum musavvirning ustaxonasida ko‘z qorachig‘idek asrab kelinayotgan 111 ta asarni Buxoro davlat muzey -qo‘riqxonasiga topshirdi.
-Murod Istatovning nomi tasviriy sanʼat muxlislariga yaxshi tanish,-deydi Buxoro davlat muzey –qo‘riqxonasi tasviriy sanʼat muzeyi filiali katta ilmiy xodimi, sanʼatshunos Raʼno Eshonqulova. - Uni kamtar, oddiy, kamsuqum inson, izlanuvchan musavvir sifatida bilardik.Butun umrini ijodga bag‘ishlagan rassomdan betakror suratlar yodgor bo‘lib qoldi. Esimda, ijodkor hayotligida, aniqrog‘i, 2018 yilda shaxsan o‘zi to‘rtta rang-tasvir asarini muzeyimizga sovg‘a qilgan edi. Marhumning vasiyatiga ko‘ra singlisi tomonidan tuhfa qilingan asarlarga kelsak, ular muzeyimiz asosiy fondiga kiritildi. Bu yerda hozir mingdan ziyod tasviriy sanʼat asari bor.
Madaniy meros agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi masʼullari ko‘magida amalga oshirilgan bu xayrli ish shu bilan nihoya topmaydi. Muzey jamoasi dekabr oyida isteʼdodli musavvir Murod Istatovning shaxsiy ko‘rgazmasini tashkil etish taraddudida.
Istam IBROHIMOV, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring