Rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish takomillashtiriladi

Hukumat qarori (732-son, 03.12.2021-y.) bilan Rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Maʼmuriy reglamentga koʻra, rasmiy hujjatga apostil qoʻyish, murojaat etuvchining oʻz xohishiga koʻra, anʼanaviy yoki elektron tarzda amalga oshiriladi.
Murojaat etuvchi davlat xizmati olish uchun DXMga oʻzi kelib yoki YAIDXPda roʻyxatdan oʻtgan holda elektron tarzda murojaat etadi.
Soʻrovnoma toʻldirilib, uni koʻrib chiqish uchun tegishlicha yigʻim undiriladi:
— taʼlim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar boʻyicha – BHMning 20 foizi miqdorida;
— adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar boʻyicha – BHMning 20 foizi miqdorida;
— boshqa hujjatlar boʻyicha – BHMning 10 foizi miqdorida.
YAIDXP orqali murojaat etilganda, yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Soʻrovnoma rasmiy hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Quyidagilarga apostil qoʻyilmaydi:
— chet elda Oʻzbekistonning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy hujjatlarga;
— tijorat yoki bojxona operatsiyalariga toʻgʻridan-toʻgʻri aloqador boʻlgan rasmiy hujjatlarga;
— Oʻzbekiston fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga, harbiy biletga.
Rasmiy hujjatga apostil qoʻyish bilan bogʻliq barcha jarayonlar “E-App” va “E-register” dasturlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Shuningdek, quyidagi hollarda apostil qoʻyish rad etiladi:
— rasmiy hujjatda zarur rekvizitlarning hech boʻlmaganda biri mavjud boʻlmasa yoki mansabdor shaxslarning imzolari hamda muhr, shtamplarning haqiqiy emasligi aniqlansa;
— rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxs uni imzolash vakolatiga ega boʻlmasa.
Mazkur tartib 2022-yil 1-martdan amalga kiritiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring