Rasman: Joan Laporta “Barselona” prezidentligidan isteʼfoga chiqdi
Joan Laporta “Barselona” prezidentligidan isteʼfoga chiqdi. Ushbu qaror 9-fevral, dushanba kuni boʻlib oʻtgan “Barselona” klubi direktorlar kengashining navbatdagi yigʻilishida qabul qilingan.
Maʼlum qilinishicha, isteʼfo haqidagi qaror yigʻilish davomida rasman tasdiqlangan. Hozircha Laportaning bu qarorga kelish sabablari yuzasidan toʻliq izoh berilmagan, ammo klub ichidagi boshqaruv, moliyaviy masalalar va strategik yoʻnalishlar atrofidagi kelishmovchiliklar asosiy omillardan biri ekani taʼkidlanmoqda.
Joan Laporta “Barselona” prezidenti sifatida klubda ikkinchi bor faoliyat yuritib kelayotgan edi. Uning rahbarligi davrida jamoa moliyaviy inqirozni bartaraf etish, tarkibni yangilash va sport loyihasini qayta qurishga harakat qildi.
Manbalarga koʻra, yaqin kunlarda klub rahbariyati tomonidan vaqtinchalik prezident tayinlanishi yoki navbatdan tashqari saylov oʻtkazilishi mumkin. Bu borada rasmiy maʼlumotlar tez orada eʼlon qilinishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring