Rasman! “Real Madrid” futbolchisi Endrik faoliyatini Fransiyada davom ettiradi
“Real Madrid“ jamoasi hujumchisi Endrik faoliyatini Fransiyaning “Lion” klubida davom ettiradi. Bu haqida fransuz klubi oʻz sahifasida maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha “qirollik klubi” futbolchini 2026-yilning iyun oyiga qadar ijaraga bergan. Futbolchining keyingi taqdiri aynan shu muddatdan soʻng, maʼlum boʻladi.
Maʼlumot uchun, Endrikni transferiga “Lion” jamoasidan tashqari Fransiyaning “Marsel”, Germaniyaning “Shtutgart” va Turkiyaning “Fenerbahche” klublaridan ham qiziqishlar boʻlgan edi.
Eslatib oʻtamiz, 2006-yilda tugʻilgan ushbu futbolchi “Real Madrid” jamoasiga 2024-yilning yozida koʻchib oʻtgan edi. Oʻtgan vaqt mobaynida braziliyalik futbolchi “qaymoqranglilar” safida 40 ta oʻyinda maydonga tushdi va 7 ta gol kiritishga muvaffaq boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring