Rasman 2025-yilda Olimpiya oʻyinlariga Saudiya mezbonlik qiladi (video)
Foto: Sinxua
Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) 2025-yilda ilk bor “Esports” boʻyicha Olimpiya oʻyinlari tashkil etilishini tasdiqladi. Saudiya Arabistonida oʻtkazilishi kutilayotgan kibersport boʻyicha eng nufuzli turnir XOQning 142-sessiyasida eʼlon qilingan. Bu haqda “Sinxua” xabar bermoqda.
Qayd etish joizki, bu qoʻmitaning raqamli inqilob bilan hamnafas ekanini koʻrsatib bera oladi. XOQ ijroiya kengashi bir ovozdan qoʻllab-quvvatlagan holda ilk tadbirni oʻtkazish uchun Saudiya Arabistoni Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan hamkorlik qilishini maʼlum qilgan.
Maʼlum qilinishicha, Xalqaro “Esports” komissiyasi Olimpiya brendining yoshlar orasida jozibadorligini aks ettiruvchi tashabbusiga kuchli ishtiyoq koʻrsatishini bildirgan. Saudiya Arabistonining kibersport boʻyicha tajribasi loyiha uchun muhim jihat sifatida koʻrilyapti.
Saudiya shahzodasi Abdulaziz bin Turki Al Faysal kibersportning yosh avlod uchun ahamiyatini taʼkidlab, bu yangi tarix yaratish yoʻlidagi muhim qadam ekanligini bildirgan. Maʼlumki, Arabiston soʻnggi paytlarda koʻplab xalqaro turnirlarga mezbonlik qilgan kibersportning asosiy markaziga aylanib ulgurgandi.
XOQ ushbu Olimpiya oʻyinlarini rejalashtirishni boshlashini va asosiy eʼtiborni shahar, joy, oʻyin nomi va saralash jarayonini tanlashga qaratishini bildirgan. Tomas Bax matbuot anjumanida ushbu muhim bosqichning ahamiyatini yana bir bor taʼkidlab, XOQ mustahkam asosga ega boʻlgan yangi davrga qadam qoʻyayotganini aytib oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring