Raqamli texnologiyalar vaziriga senator soʻrovi yuborildi. Qanday masala yuzasidan maʼlumot taqdim etishini soʻralmoqda?
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Kobul Tursunov tomonidan raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov nomiga IMEI-kodlarni roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq muammolar yuzasidan senator soʻrovi yuborildi. Ushbu murojaatda 2019-yildan buyon mobil qurilmalarni IMEI-kodi orqali roʻyxatdan oʻtkazish amaliyoti mavjud ekani, 2024-yildan esa Oʻzbekistonga olib kirilayotgan telefonlar uchun majburiy deklaratsiya toʻldirish talabi joriy etilgani qayd etilgan.
Senatorning fikricha, agar deklaratsiya toʻldirilmasa, telefonni UZIMEI tizimida roʻyxatdan oʻtkazish uchun bojxona qiymatining 30 foizi miqdorida toʻlov belgilanishi fuqarolarga noqulaylik tugʻdirmoqda. Shu bilan birga, oxirgi paytlarda IMEI roʻyxatga olish jarayoni atrofida yuzaga kelgan muammolar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.
Xususan, uzimei.uz, my.gov.uz saytlari hamda “BIRDA” mobil ilovasi orqali roʻyxatdan oʻtkazish imkoniyati cheklangani sababli, ayrim hollarda xizmat haqlari sunʼiy ravishda oshirilayotgani aytilmoqda. Bundan tashqari, qurilmaning ikkinchi SIM-kartasi uchun IMEI2-kodni alohida roʻyxatdan oʻtkazish va bu jarayonni aynan qurilma ilk bor roʻyxatga olingan hududda amalga oshirish talabi fuqarolarning qoʻshimcha xarajatlariga olib kelmoqda.
Shu asosda senator Kobul Tursunov “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-moddasiga tayangan holda raqamli texnologiyalar vaziridan mazkur tizimdagi texnik muammolarni bartaraf etish, IMEI2-kod roʻyxatga olishdagi byurokratik talablarni yengillashtirish hamda uzimei.uz, my.gov.uz va “BIRDA” ilovasining ishlashini yaxshilash borasida qanday choralar koʻrilayotgani haqida 10 kun ichida maʼlumot taqdim etishini soʻragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring