Raqamlar ortidagi insonlar mehnati va taqdiri

Joriy yilning 22-26-may kunlari davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni joylarda oʻrganib, samarali hal etish maqsadida guruhlarga boʻlingan holda bir vaqtning oʻzida uchta hududda – Buxoro, Samarqand hamda Sirdaryo viloyatlarida navbatdagi bosqich ishlarini olib bordi.
Mazkur guruhlar tarkibiga Prezident Administratsiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining masʼul xodimlari, 13 ta respublika vazirlik, idora va tashkilotlari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etildi.
Joylarda aholi murojaatlaridan kelib chiqqan holda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, Buxoro viloyatida respublika va mahalliy byudjetdan 5 mlrd. soʻm mablagʻ jalb etilib, yil boshidan viloyatdagi ichki yoʻllarning jami 132,5 km qismi taʼmirlandi. Shundan 89,1 km yoʻlga shagʻal yotqizildi, 37,3 km yoʻl asfalt qilindi, 6,1 km yoʻl betonlashtirildi.
Viloyat aholisiga 350,9 tonna qoʻshimcha suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 103 ta temir beton tayanchlar yangilandi, 13 ta transformator oʻrnatildi, 6,9 km tarmoq tortildi. Ichimlik suvini yaxshilash borasida 6,6 km ichimlik suvi tarmogʻi tortildi va 77 dona suv qudugʻi montaj qilindi.
Viloyatdagi 17 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 500 ga yaqin bolalar yotoqxona toʻplami, televizorlar, yotoqxona jihozi, gilam hamda 39 turdagi oʻyinchoqlar olib berildi.
Tijorat banklari tomonidan 2 492 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga 157,1 mlrd. soʻm miqdorida kreditlar ajratilishi taʼminlandi. Jumladan, “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 1 184 nafar fuqaroga 31,2 mlrd. soʻm imtiyozli kreditlar ajratildi.
Tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish maqsadida faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 60 nafar fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan 264,0 mln. soʻmlik asbob-uskuna va mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi.
“Ayollar daftari” roʻyxatidagi 252 nafar xotin-qizlarga 329,5 mln. soʻmlik moddiy yordam koʻrsatildi. “Yoshlar daftari” roʻyxatidagi 61 nafar fuqarolarga 185,1 mln. soʻmlik yordam koʻrsatildi.
Sirdaryo viloyatida ham qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan, “Qizil hudud”ga kiritilgan mahallalar holatini yaxshilash maqsadida, 2023-yilda dasturlarga tushmagan ichki tuproq yoʻllarga tosh-shagʻal yotqizish boʻyicha viloyatning har bir tumanidan bittadan - jami 9 ta mahalladagi 30 973 nafar aholi yashaydigan 105,5 km yoʻllar tanlab olindi va toʻliq shagʻallashtirildi.
Aholini ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini yaxshilash maqsadida 13,4 km ichimlik suvi tarmogʻi tortildi, 6 ta tik quduq qayta tozalandi, 5 dona suv minoralari oʻrnatildi, 34 ta suv nasoslari taʼmirlanib qayta oʻrnatildi, 20 ta suv nasoslari yangilandi va 2 ta tik quduq uchun yangi transformator oʻrnatildi.
Aholiga qoʻshimcha 1139 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 11 ta transformator punklari mukammal taʼmirlandi, 16,2 km elektr uzatish tarmoqlari joriy taʼmirlandi va 226 ta temir-beton ustunlar oʻrnatildi.
“Sahovat va koʻmak” jamgʻarmasidan may oyida 590 nafar fuqaroga 944 mln soʻmlik yordam koʻrsatildi. Shundan, “Temir daftar” roʻyxatidagi 144 nafar fuqaroga 305,7 mln soʻmlik yordam berildi. “Ayollar daftari” roʻyxatidagi 3 703 nafar xotin-qizlarga 2 171,2 mln soʻmlik yordam koʻrsatildi. “Yoshlar daftari” roʻyxatidagi 421 fuqarolarga 1 191,2 mln. soʻmlik yordam koʻrsatildi.
Respublika ishchi guruhining Samarqand viloyatidagi faoliyati ham samarador boʻldi.
Jumladan, “Qizil hudud”ga kiritilgan mahallalar holatini yaxshilash maqsadida ichki tuproq yoʻllarga tosh-shagʻal yotqizish boʻyicha viloyatning 15 ta mahallalaridagi 66,6 km yoʻllar tanlab olindi va shundan 59,5 km yoʻllar shagʻallashtirilib, hozirda shagʻal-tosh toʻkish ishlari yakunlanmoqda. 135 km uzunlikdagi avtomobil yoʻllarida 3 144 tonna asfaltbeton qorishmasi bilan chuqurchalar taʼmirlandi.
Viloyat aholisiga qoʻshimcha 1 220,5 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 209 ta temir beton tayanchlar yangilandi hamda 9,1 km tarmoq tortildi. Ichimlik suvini yaxshilash borasida 2 km.ga yaqin ichimlik suvi tarmogʻi tortildi.
Tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadid 5 396 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga 233,4 mlrd. soʻm miqdorida kreditlar ajratilishi taʼminlandi. 124 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boshlash maqsadida tikuv mashinasi, asbob-usukuna vositalari uchun “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarma”si mablagʻlari hisobidan subsidiya asosida jami 506,8 mln. soʻmlik tikuv mashinalari, motokultivatorlar va avtomobil yuvish uskunalari yetkazib berildi.
Yuqorida tilga olingan har bir hududda aniqlangan muammolarni har tomonlama tahlil qilish va hal etish, ichki yoʻllarni shagʻallashtirish ishlarini yakuniga yetkazish maqsadida ijro muddatlari va masʼul ijrochilar belgilangan holda “Chora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqildi.
Respublika ishchi guruhi faoliyati hududlarda davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring