“Rangsiz tushlar” filmi Markaziy Osiyo kinofestivalida ishtirok etadi
“Oʻzbekkino «Milliy agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan «Rangsiz tushlar” filmi joriy yilning 19-mart–3-aprel kunlari boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyoning bahorgi festivalida ishtirok etadi.
Festival tashkilotchisi Koreya va Markaziy Osiyo hamkorlik forumi KF kotibiyati hisoblanadi. Festivalda Navroʻz haqidagi qisqa metrajli hujjatli filmlarga bagʻishlangan tadbirlar, Markaziy Osiyo kinohaftaligi, K-pop tanlovi va boshqa tadbirlar boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
“Rangsiz tushlar” filmida qamoqdan soʻng ozodlikka chiqqan ayol Kashmiraning jamiyatga moslashishida duch kelgan qiyinchiliklari haqida hikoya qilinadi. Ssenariy muallifi Umid Hamdamov, operator Azizbek Arziqulov, rassom Shamshod Ibragimov, kompozitor Ubaydullo Karimov.
“Rangsiz tushlar” filmi Anapadagi «Kinoshok», Qozonning musulmon kinolari festivali, shuningdek, Armanistondagi “Freska” va Italiyaning «Lukaniya» va “Asiatica Film Festival XXI”, Indoneziyaning XV Jogja-NETPAC Asian Film Festival ( JAFF ) festivallarida ham ishtirok etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring