Ramzan Qodirov xalqaro Tinchlik mukofotiga nomzod etib koʻrsatildi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov xalqaro Tinchlik mukofotiga nomzod etib koʻrsatildi.
Maʼlum qilinishicha, Qodirov nomzodi Yevropadagi musulmon aholi manfaatlarini ifoda etuvchi Yevropa musulmonlari forumining Ijroiya qoʻmitasi tomonidan ilgari surilgan.
Rossiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, INSPAD kompaniyasining Pokiston va Belgiyada faoliyat yuritayotgan mutaxassislari oʻz bayonotlarida Checheniston rahbarining xalqaro va dinlararo aloqalarni rivojlantirishga, shuningdek, taʼlim va gumanitar dasturlarga qoʻshgan hissasini alohida taʼkidlashgan.
Avvalroq, matbuotda Ramzan Qodirov oʻzini Nobel mukofotiga loyiq deb bilishi haqida xabarlar tarqalgan va siyosatchi ushbu bayonotini xalqaro terrorizmga qarshi kurashda muvaffaqiyat qozonganligi bilan izohlagan edi.
Maʼlumot oʻrnida, ushbu mukofot nodavlat Tinchlik va taraqqiyot instituti (INSPAD) tomonidan taʼsis etilgan. Bryusselda roʻyxatdan oʻtgan tashkilot 2009-yildan buyon BMTda maxsus kuzatuvchi maqomiga ega.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring